• English English English en
  • Deutsch Deutsch German de
  • Español Español Spanish es
  • Uzbek Uzbek Uzbek uz
  • About us
  • Skilled Crafts Companies
  • Skilled Workers (UZ)
  • Experts and Partners
  • Menu Menu

Mutaxassislar

Tegishli kasb-hunar yoki oliy ta’limni bitirganmisiz va hunarmandchilikda bir necha yil ishlab kasbiy tajriba orttirganmisiz? Mutaxassis sifatida Germaniyada hunarmadchilikda ishlashni istaysizmi? Unda „Future International Talents (FIT) for German Climate Businesses“ (Germаniyadа iqlim biznesi uchun kelаjаkdаgi xаlqаro iste’dodlаr») FIT loyihasi siz uchun eng to’g’ri narsa!

Bu loyiha O’zbekiston va Kolumbiyalik tajribali mutaxassislarga Germaniyaning to’qqizda mintaqasida iqlim hunarmadchilik korxonalarida malakali ish topishga imkon beradi. Loyiha Germaniya hunarmandchilik bosh uyushmasi (ZDH), Germaniya Federal Mehnat agentligi (BA) va sequa gGmbH korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

  • Xizmatlar

  • ishtirok etish

  • Kompaniyalar va kasblar

  • Talablar

  • Jarayon va muddat

  • Qo’llab-quvvatlash

  • aloqa

Germaniyaning iqlim hunarmandchilik korxonalarida ishlash – siz uchun mutaxassis sifatida imkoniyat!

Siz nimalarni kutishingiz mumkin?

  • Shaxsan sizga maslahat va ko’mak berilishi

    nomzod sifatida suhbatdan o’tish, viza uchun ariza berishdan tortib Germaniyadagi korxonaning ish jarayoniga kirishib ketish (integrasiya) largacha – biz bu jarayonning har bir bosqichida sizga va sizning nemis ishberuvchingizga hamroh bo’lamiz.

  • Germaniyada yashash uchun tayyorgarlik

    o’z mamlakatingizda sizga nemis tilini va madaniyatini o’rganish uchun maqsadli tayyorgarlik beriladi, bundan ko‘zlangan maqsad – sizni Germaniyada yashash va ishlash uchun mukammal tayyorlashdir. Jonli ravishda o’tiladigan nemis tili kursi davomida sizga ro’zg’orni tebratish uchun oylik stipendiya beriladi.

  • Germaniyaga borganingizdan keyin keng qamrovli ko‘mak

    Germaniyaga kelganingizdan keyin ham biz sizni yolg’iz qoldirmaymiz. Masalan, biz sizga kasbiy malakangiz tan olinishida yordam beramiz va kundalik hayot yoki oila a’zolaringizni Germaniyaga chaqirib olishingiz bilan bog’liq masalalarni hal qilishda ko‘mak beramiz. Germaniyada sizga ma’sul xodim(a)miz yordam beradi.

Maqsadimiz: biz siz nafaqat kasbda, balki shaxsiy hayotda ham Germaniyada muvaffaqiyatli joylasha olishingiz (intergrasiya) maqsadida sizga hamroh sifatida uzoq vaqt davomida ko’mak bermoqchimiz!

Mutaxassislar uchun ishtirok etish shartlari

Siz o’z kasbiy kelajagingizni Germaniyaning iqlim hunarmandchiligida boshlash niyatingiz bormi? Agar quyidagi talablarga javob bersangiz, ishtirok etish uchun ariza bering:

  • Yoshingiz

    20 – 40.

  • Kasb-hunar ta’lim

    kamida 2 yil O’zbekistonda tan olingan kasbda ta’lim olganlik.

  • Kasbiy ish tajribasi

    qidirilayotgan hunarmand kasblaridan biri bo‘yicha (qarang: „Profil der Betriebe und der Berufsbilder“, ya’ni „Korxonalar va kasblar ta’rifi“) bir necha yillik ish tajribasiga egalik.

  • Nemis tilini o’rganish va Germaniyada ishlashga qiziqish

    Sizda Germaniyada uzoq muddatli kasbiy kelajakni qurish niyatingiz bor va bir necha oy davom etadigan, loyiha tomonidan to’lanadigan jonli til kursida nemis tilini o’rganishga tayyorsiz. Bu kurs Toshkentda o’tishi rejalashtirilgan. Til kursi davomida yashash xarajatlaringizni o’z mablag’ingiz va sizga oyiga beriladigan 400 yevro loyiha stipendiyasidan to’lashingiz mumkin bo‘ladi.

Germaniya hunarmandchiligi – an’ana bilan innovasiya!

Germaniya hunarmandchilik tarmog’i Germaniya iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. U qo’l mahoratini va kasbiy bilimlarni talab qiladigan turli xil kasblar va karyera imkoniyatlarini taklif etadi. Bunday xilma-xillik tufayli hunarmandchilik qiziqarli ish sohasiga aylanadi.

Germaniyadagi hunarmandchilik korxonalarining aksariyati kichik va o’rta biznes bo‘lib, ular ko’pincha oilaviy korxonalardir. «Jamoaviy ish» prinsipi juda katta ahamiyatga ega, chunki qurilish maydonchasida yoki mijoznikida murakkab loyihalar faqat o’zaro yaxshi kelishuv asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari nemis hunarmandchiligi o’zining innovasionligi bilan mashhur. Xususan, barqaror qurish usuli, qayta tiklanadigan energiya va yashil texnologiyalar sohasida hunarmandchilik tarmog‘i kelajakka yo’naltirilganligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Hunarmandchilik korxonalari Germaniyaning iqlim maqsadlarini amalga oshirishga faol hissa qo’shmoqda, masalan, ular ekologik toza isitish texnologiyalari yoki energiya tejaydigan qurilish texnologiyalarini o’rnatishadi.

Shunday qilib, ushbu loyihaning markazida Germaniyada energiya almashinuvi va iqlimni muhofaza qilishga yordam beradigan hunarmandchilik kasblari turadi.

Loyiha doirasiga quyidagi kasblar kiradi:

  • Elektronikachi (Elektroniker/innen)
  • Devor quruvchi (Maurer/innen)
  • Betonchi va temir-betonchi (Beton- und Stahlbetonbauer/innen)
  • Duradgor (Zimmerer/Zimmerinnen)
  • Top yopuchi (Dachdecker/innen)
  • Yo’l quruvchisi (Straßenbauer/innen)
  • Metall bo‘yicha muatxassis (Metallbauer/innen)
  • Santexnika, isitish va iqlim uskunalari bo’yicha mutaxassis (Anlagenmechaniker/innen für Sanitär-, Heizungs- und Klimatechnik)
  • Avtomexatronikachi (Kraftfahrzeugmechatroniker/innen)
  • Sovutish uskunalari bo’yicha mutaxassis (Mechatroniker/innen für Kältetechnik)

Loyiha bir nechta ishga jalb qilish bosqichlaridan iborat bo’lib, yuqoridagi kasblarning qaysi biri tegishi bosqichda diqqat markazida turishini belgilaydi. Bu shuni anglatadiki, tegishli kasblar uchun arizalarni faqatgina belgilangan muddatlarda ko’rib chiqish imkoni bo‘ladi.

Germaniyaga borishingiz uchun ikkita yo’l

Ushbu pilot loyiha sizga mutaxassis sifatida Germaniyaga kelish uchun ikkita imkoniyatni taklif qiladi. Birinchi imkoniyat mavjud qonunchilikka asoslangan bo’lsa, ikkinchisi xorijiy mutaxassislarni Germaniyaga ishga jalb qilish to’g’risidagi qonunning yangi qoidasiga asoslanadi.

  • 1-yo’l:
    kasbiy malakangiz tan olinishi

    Siz Germaniyaga o’z xorijiy kasbiy malakangizni tan olinishi maqsadida maxsus viza bilan kelasiz, to’g’ridan-to’g’ri korxonada ishlay boshlaysiz va bir vaqtning o’zida malakaviy moslashuvdan (Anpassungsqualifizierung – APQ) o’tasiz. Malakaviy moslashuvning tegishli nemis kasbi bilan sizning malakangiz o’rtasidagi asosiy farqlar qamrab olinadi va sizga qo’shimcha bilimlar beriladi. Moslashuv jarayonini muvaffaqiyatli tugatganingizdan so’ng siz mutaxassis sifatida to’liq kasbiy tan olinasiz va Germaniyada doimiy ravishda mutaxassis sifatida ishlashingiz mumkin bo‘ladi.

    1-yo’l talablari:

    • O’zbekistonda davlat tomonidan tan olingan kamida ikki yillik kasb-hunar ta’limini bitirganlik
    • Nemis hunarmandchilik kasblaridan birida bir necha yillik ish tajribasi
    • O’zbekistonda yoki xorijda ta’limini bitirganlik haqida hujjat Germaniyadagi maqsadli kasb bilan bog’liq bo’lishi kerak.
  • 2-yo‘l:
    ish tajribasiga ega mutaxassis sifatida to’g‘ridan-to’g’ri Germaniyaga kirish

    Agar sizda katta kasbiy tajribangiz bo’lsa, siz mutaxassis sifatida to’g’ridan-to’g’ri Germaniyaga kirishingiz mumkin, hattoki siz bitirgan kasb-hunar ta’limingiz Germaniyadagi ishga to’liq mos kelmasa ham.

    2-yo’l talablari:

    • Davlat tomonidan tan olingan kamida ikki yillik kasb-hunar ta’limini bitirganlik
    • Maqsadli kasbda bir necha yillik ish tajribasi
    • Siz O’zbekistonda bitirgan kasb-hunar ta’lim nemis maqsadli kasbiga mos kelishi shart emas.

    Bundan tashqari, 2-yo’l nomzodlari O‘zbekistonda amaliy sinovdan o’tishlari kerak. Bu amaliy sinov tanlov jarayonining bir qismidir. Amaliy sinov natijasi loyihaga qabul qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.


Qulay imkoniyatdan foydalaning va Germaniyada kasbiy kelajagingizni boshlang!


Ishga jalb qilish bosqichi va jarayoni (etaplar, davomiyligi, muhim sanalar)

  • Tanlov jarayonida loyihada ishtirok etish uchun aniq tanlanganingizdan so’ng biz tashkil etilgan nemis tili kursida B1 darajasiga qadar nemis tilini intensiv o’rganasiz va shu vaqt ichida Germaniyada yashash va ishlash uchun madaniyatlararo tayyorgarlik ko’rasiz.

  • A2 til darajasiga yetganingizdan so’ng biz sizni ishga olishga qiziqqan ish beruvchilar bilan suhbatlar tashkil qilamiz. Agar siz tanlansangiz, sizni qiziqtirgan korxonadan sizga mehnat shartnomasi beriladi. Keyin biz sizning Germaniyaga borishingizni, shu jumladan viza olish va turar joy qidirishni birgalikda tashkil qilamiz.

  • Germaniyaga kelganingizdan so’ng siz yangi hayotga moslashish va integrasiya bosqichidan o’tasiz. Dasturda ishtirok etayotgan hunarmandchilik tashkilotlarining xorijiy mutaxassislar migrasiyasi bo’yicha maslahatchilari ushbu jarayon davomida sizga va ish beruvchingizga ko’mak berishadi va kerak bo’lganda sizga bevosita hamrohlik qilishadi.

  • 1-yo‘l (kasbiy malaka tan olinishi) orqali loyiha doirasida ishga qabul qilingan mutaxassislar Germaniyaga kelganidan keyin malakaviy moslashuv mashg’ulotlarini boshlaydi. Bu korxonadagi ish bilan parallel ravishda amalga oshiriladi. 2 yo’l (ish tajribasiga ega mutaxassislar) uchun malakaviy moslashuv talab qilinmaydi.

Loyiha doirasida ko’mak beruvchi tuzilmalar

Xalqaro mutaxassislarning integrasiyasi har qanday korxona uchun boyitishdir. Biroq, yangi tilni o’rganish, yangi mamlakatga ko’chib o’tish va begona madaniyatga ko’nikish ko’plab qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Shu sababli biz uchun muhim bo’lgan narsa shuki, sizni Germaniyaga eltadigan yo’lda sizga imkon qadar yaxshi hamroh bo’lish va jarayonlarni iloji boricha muammosiz tashkil qilish uchun ko’plab turli xil qo’llab-quvvatlash tuzilmalarini birlashtirishdir.

Germaniyadagi loyiha hamkorlarining ko’magi

Germaniyaning Federal mehnat agentligi (BA) va Xalqaro bandlik xizmati (ZAV)

Germaniya mehnat agentligi (BA) mehnat bozori bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatish uchun mas’ul bo’lgan federal davlat idorasidir. Federal agentlikning turli bo’linmalari hamkor mamlakatlar – O’zbekiston va Kolumbiya (Bosh ofisdagi „Xalqaro munosabatlar“ bo’limi) bilan aniq kelishuvlarga erishish, ishtirokchilarni jalb etish va qo’llab-quvvatlash (Xalqaro bandlik xizmatining mintaqaviy guruhlari) hamda ishga ruxsat olish tartib-taomillarini (mehnat uchun ruxsatnoma berish bo’yicha mas’ul jamoalar tomonidan) amalga oshirish uchun loyihada ishtirok etmoqda.

Hunarmandchilik korxonalarining tashkiloti

Germaniyadagi hunarmandchilik tarmog’i turli darajadagi bir necha tashkilotlarga bo’lingan. Federal darajada (butun Germaniya darajasida) hunarmandchilik tarmog’ining manfaatlarini Germaniya hunarmandchilik bosh uyushmasi (ZDH) birlashtiradi. Federal o‘lkalar va tumanlar darajasida tegishli federal o’lkaning Hunarmandchilik palatalari deb ataladigan hunarmandchilik korxonalarining tashkilotlari mavjud. Loyihada jami 9 ta hunarmandchilik tashkiloti ishtirok etmoqda. Hunarmandchillik tashkilotlarida xorijiy mutaxassislarning Germaniyaga kelishi bo’yicha maxsus maslahatchilari ishlaydi. Ular sizga Germaniyaga borishga tayyorgarlik ko’rishda va Germaniyaga kelganingizdan keyin yordam berishadi. Quyidagi tasvirda loyihada ishtirok etayotgan Germaniyadagi hunarmandchilik tashkilotlarining joylashuvini ko’rishingiz mumkin.

Hunarmandchilik korxonasi

Siz ishlaydigan hunarmandchilik korxonangiz ham sizni faol qo’llab-quvvatlashni hamda yangi ish va kasbiy muhitga moslashishingizni osonlashtirmoqchi. Tilni o’rganish jarayonida siz va ish beruvchingiz o’rtasida muntazam ravishda raqamli suhbatlar o’tkazish imkoni bo‘ladi. Bu sizga bir-biringiz bilan yaxshiroq tanishib olish va korxonadagi dolzarb voqealardan xabardor bo’lish imkonini beradi. Uy-joy topish chet ellik mutaxassislar uchun katta muammodir. Korxona va hunarmandchilik tashkiloti sizga bu masalada ham yordam beradi: ular mahalliy uy-joy bozorini bilishadi. Agar siz malakaviy moslashuv, ya’ni maxsus o’qishni o’tadigan bo’lsangiz, korxonangiz sizga kerakli tadbirlarni amalga oshirishda yordam beradi va sizni korxonalararo o’quv tadbirlarida ishtirok etishingiz uchun haq evaziga ishdan vaqtincha bo’shatadi. Korxonada amalga oshirib bo’lmaydigan, lekin zarur tadbirlar xarajatlarini loyiha qoplaydi.

sequa gGmbH

Agar siz loyihaga qabul qilinsangiz, sequa  korxonasi bilan „Ishtirok etish shartnomasi“ni imzolaysiz. Sequa – bu xalqaro miqyosida hamkorlik loyihalari va dasturlarini amalga oshiradigan xalqaro rivojlanish tashkiloti bo‘lib, u Germaniya xususiy sektori bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. «Germaniya iqlim korxonalari uchun FIT» loyihasida sequa birinchi navbatda loyihani boshqarish va loyihaviy menejmentni ta‘minlaydi.

O‘zbekistonda beriladigan ko’mak

Maslahat olish va murojaat qilish uchun tashkilotlar

O’zbekiston Respublikasi Mehnat migrasiyasi agentligi mehnat migrasiyasini boshqarish va tartibga solish uchun mas’ul tashkilotdir. Uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • mehnat migrasiyasini qo’llab-quvvatlash: chet elda ishlashni istagan O’zbekiston fuqarolari uchun axborot va maslahatlar berish.
  • Xalqaro hamkorlar bilan hamkorlik: O’zbekiston fuqarolari uchun xavfsiz va qonuniy ish imkoniyatlarini yaratish uchun boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish.
  • Migrantlar huquqlarini himoya qilish: xorijda o’zbek mehnat migrantlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
  • Qonuniy migrasiyani qo’llab-quvvatlash: noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash va chet elda qonuniy ish imkoniyatlarini qo’llab-quvvatlash.

Agar siz loyihada ishtirok etishni xohlasangiz, O’zbekiston Respublikasi Mehnat migrasiyasi agentligi – murojaat qilish uchun birinchi tashkilotdir. Agentlik sizga loyiha haqida batafsil ma’lumot beradi va tanlov jarayoni uchun hujjatlaringiz to’liqligini ta‘minlaydi. Tanlov jarayonida agentlik sizni O’zbekistonda qo’llab-quvvatlaydi. Qo’shimcha ma’lumotni quyidagi veb-saytda topishingiz mumkin: xorijdaish.uz.


Dolzarb bosqich va ishtirok etish uchun ariza berish muddatlari haqida ma‘lumot

O‘zbekiston

Loyihaning birinchi guruhi, ya‘ni 1 yo’l (kasbiy malakaning tan olinishi) uchun ariza topshirish bosqichi fevral oyida O’zbekiston Respublikasi Mehnat migrasiyasi agentligi orqali e’lon qilindi va tugallandi. Ariza topshirish uchun yana qo’shimcha bosqichlar o‘tkaziladi. Keyingi tanlovlar va ariza topshirish imkoniyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni har doim ushbu veb-saytda yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi veb-saytida topish mumkin.

2025 yil mart oyida oldingi tanlov bosqichida dastlabki tanlab olingan mutaxassislar Toshkentda bo’lib o’tadigan Germaniya Mehnat agentligining Xalqaro bandlik xizmati xodimlari bilan tanlov suhbatlariga taklif etiladi. Suhbat jarayoni haqida qo’shimcha ma’lumotni uchrashuvga taklifnoma bilan birga olasiz. Dastlab tanlangan nomzodlar uchun biz onlayn axborot tadbirida keyingi qadamlarni tushuntirib beramiz. Shundan keyin loyihaga qabul qilingan va ishtirok etishga qaror qilgan nomzodlar uchun keyingi qadam sifatida nemis tili kursi boshlanadi.

Qo’shimcha ma‘lumot

Make it in Germany
Germaniyada malakangizning tan olinishi
O’zbekistondagi Gyote instituti
Toshkent shahridagi Germaniya elchixonasi
O’zbekistondagi Germaniyaning xorijdagi Savdo palatalari
Gefördert durch das Bundesministerium für Wirtschaft und Klimaschutz.
Logo ZDH
Logo BA
Logo SEQUA
Logo BMWE
© sequa gGmbH
Scroll to top
Zustimmung verwalten
Um Ihnen ein optimales Erlebnis zu bieten, verwenden wir Technologien wie Cookies, um Geräteinformationen zu speichern bzw. darauf zuzugreifen. Wenn Sie diesen Technologien zustimmen, können wir Daten wie das Surfverhalten oder eindeutige IDs auf dieser Website verarbeiten. Wenn Sie Ihre Zustimmung nicht erteilen oder zurückziehen, können bestimmte Merkmale und Funktionen beeinträchtigt werden.
Funktional Always active
Der Zugriff oder die technische Speicherung ist unbedingt für den rechtmäßigen Zweck erforderlich, um die Nutzung eines bestimmten Dienstes zu ermöglichen, der vom Abonnenten oder Nutzer ausdrücklich angefordert wurde, oder für den alleinigen Zweck der Übertragung einer Nachricht über ein elektronisches Kommunikationsnetz.
Vorlieben
Die technische Speicherung oder der Zugriff ist für den rechtmäßigen Zweck der Speicherung von Voreinstellungen erforderlich, die nicht vom Abonnenten oder Nutzer beantragt wurden.
Statistiken
Die technische Speicherung oder der Zugriff, der ausschließlich zu statistischen Zwecken erfolgt. Die technische Speicherung oder der Zugriff, der ausschließlich zu anonymen statistischen Zwecken verwendet wird. Ohne eine Aufforderung, die freiwillige Zustimmung Ihres Internetdienstanbieters oder zusätzliche Aufzeichnungen von Dritten können die zu diesem Zweck gespeicherten oder abgerufenen Informationen allein in der Regel nicht zu Ihrer Identifizierung verwendet werden.
Marketing
Die technische Speicherung oder der Zugriff ist erforderlich, um Nutzerprofile zu erstellen, um Werbung zu versenden oder um den Nutzer auf einer Website oder über mehrere Websites hinweg zu ähnlichen Marketingzwecken zu verfolgen.
Manage options Manage services Manage {vendor_count} vendors Read more about these purposes
Voreinstellungen anzeigen
{title} {title} {title}